Devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Yangi yil arafasida ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida ”Eng mazmunli devoriy gazeta“ tanlovi o‘tkazildi.

Korxonaning barcha bo‘lim va ishlab chiqarish sexlari 3 guruhga bo‘lingan tarzda ijodkorlik bobida o‘zaro bellashishdi. Kreativ ijodiy yondashuv va qator mezonlar asosida hamda xonalarning bayramona bezatilganligi bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishlar baholandi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 1-guruhdan Energo ta’minoti va kommunal xo‘jalik bo‘limi jamoasi, 2-guruhdan Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi, 3-guruhdan esa Sifat nazorati bo‘limi jamoalari g‘olib deb topildilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech