O'zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ ga tashrif buyurdi

Kasaba uyushmasi faoliyati

O'zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ ga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko'zlangan maqsad 2020 yil 11 noyabrdagi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining VIII qurultoyida ta'kidlanganidek 2021 yilda "mustaqillikning o'ttiz yilligiga - o'ttizta yangi ish o'rni" tashabbusi ijrosini ta'minlash.
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xalilova Mavjuda Xamdamovna boshchiligidagi ishchi gurux yoshlarni qo'llab quvvatlash va axoli salomatligini mustaxkamlash yili doirasida "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ qoshida rejalashtirilayotgan bir nechta loyixalarni amalga oshirish to'g'risida muxokama olib borishdi.
O'zaro xamkorlikda "tikuvchilik yo'nalishidagi ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasini o'rganish va mazkur loyixani birgalikda amalga oshirish bo'yicha "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ xamda kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o'zaro xamkorligi yo'lga qo'yildi. Bu loyixa orqali asosiy maqsad temir daftarda turgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj ayollarni ish bilan ta'minlash va jamiyatimizda ishsizlikni oldini olish.
Tashrif yakunida tomonlar mazkur loyixani birgalikda iyun oyining boshiga ishga tushurishga kelishib olishdi. Bundan tashqari xamkorlikda etuk kadrlarni tayyorlash va yoshlar orasidan ilmiy saloxiyatli yoshlarni saralab olib ularni ilm olishga, yangilik yaratishga jalb qilish orqali ishlab chiqarishda kadrlar zaxirasini ta'minlash maqsadida korxonamizda faoliyat olib borayotgan ilmiy texnik markazi qoshida o'quv markazi tashkil etish to'g'risida xam kelishib olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech