"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda ayni paytda "O'zkimyosanoat" AJ tizimidagi tarmoq korxonalarining Bosh muhandislari o'rtasida konferensiya bo'lib o'tmoqda

Konferensiyani "DKZ" AJ Boshqaruv raisi O.Qurbonov ochib berdi. "O'zkimyosanoat" AJning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvoffiqlashtirish deportamenti boshlig'i R.O'sarovning nutqi bilan boshlandi.

Mazkur konferensiyada "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish va ekologiya bo'yicha muammolarni ko'rib chiqish va ularni ijobiy hal etish, to'laqonli kapital ta'mir ishlarini hamkorlikda sifatli olib borish, energiya resurslarini tejash bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarni natijadorligini ta'minlash va erishilgan yutuqlar bo'yicha tajriba almashinishini tashkil etish masalalari ko'rib chiqilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech