Davlat tilining nufuzini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda

    6-iyul kuni "Вirinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bo'limlarida davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida ish yuritilishi bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi.

    Mazkur o'rganishda "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi S.Abduraxmanova ishtirok etib, kerakli taklif va tavsiyalarini berib o'tdi. Unda o'zbek tilining nufuzini oshirish, barcha xodimlarning ish faoliyatida ish yuritilishi faqat davlat tili to'g'risidagi qonun va qonunosti hujjatlari talablari asosida olib borilishi ta'kidlab o'tildi.

    Jamiyatda Ma'naviyat va ma'rifat xonasi hamda kutubxona tashkil etildi. Bu esa korxona ishchi-xodimlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda madaniy-ma'rifiy hordiq chiqarishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Kutubxona fondi o'zbek hamda jahon adabiyoti asarlari bilan boyitilgani tashrif buyurgan mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech