Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxona va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan Angren texnologiya texnikumi ma’muriyati, korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida, “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish, mehnat faoliyatiga tayyorlash hamda ularni ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishtirish maqsadida “Kimyoviy texnologiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar korxonaga tashrif buyurdilar.
Talabalar ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib, bir qator ijobiy taassurotlar bilan qaytishdi.