“BRZ”ning mehnat faoliyati e’tirof etildi

Sayyor seminar-trening doirasida korxonaning ishlab chiqarish sexlari va bo‘limlari bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Press-turda ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari, sex va bo‘limlarda tashkil etilgan Ma’naviyat burchaklari bilan yaqindan tanishishdi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilgan ish hujjatlari va peshlavhalarni ko‘zdan kechirishdi.

Shuningdek, seminarda Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar tanishtirildi.

Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi va Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va xom ashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘limlari hamda Yosh mutaxassislar kengashining mas’ul xodimlari tomonidan seminar ishtirokchilar uchun sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar xususida ma’lumot berildi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-texnikaviy ishlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech