"BRZ"ning bilimdonlari aniqlandi

    Prezidentimizning joriy yil 22-yanvarda "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, kuchli bilimga ega bo'lgan xodimlarni qo'llab-quvvatlash va ularga o'z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag'batlantirish maqsadida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda "Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.

    Unda korxonamizning barcha sex va bo'limlaridan eng bilimdon xodimlardan tarkib topgan sakkiz jamoa o'zaro bellashishdi.

    Bilimlar bellashuvida barcha jamoa a'zolari bor bilim, tafakkurlarini ishga solishdi. Qizg'in bahs-munozara, savol-javoblar ruhida o'tgan intellektual bahsda kuchlilar o'z so'zini aytishdi.

    Yakuniy hisob-kitobga ko'ra, Ishlab chiqarish texnologik bo'limi 1 o'rinni, Energiya ta'minoti va kommunal xo'jalik bo'limi 2 o'rinni, Omologatsiya bo'limi esa 3 o'rinni egallashdi.

    Bilimdonlar Mustaqillik bayrami tantanasida diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech