“BRZ”dan navbatdagi rekord

Joriy yilning oʻtgan sentyabr oyi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ uchun unumli va barakali oy boʻldi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, 28-sentyabr holatiga koʻra, avtomobil shinalari ishlab chiqarish boʻyicha kunlik rekord yangilandi. Yaʼni 5 ming 340 dona avtomobil shinalari ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish quvvati 65 foizga yetkazildi. Ahamiyatlisi, vulkanizatorlar quvvatidan foydalanish darajasi oshirilgan holda ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirildi.

Kelgusida ham avtomobil shinalari ishlab chiqarish borasida kunlik rekordlar yangilanishi kutilmoqda. Korxonamiz bundan keyin ham oʻz maqsad-vazifasidan ogʻishmagan holda, xaridorlar uchun sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech