“BRZ”da sotuv boʻyicha kunlik rekord yangilandi
Joriy yilning 29-sentyabr kuni 15 ming 396 dona avtomobil shinalari hamda 940 p/m konveyer tasmalari sotilib, kunlik rekord yangilandi. Shundan BARS brendi ostida ishlab chiqarilgan avtomobil shinalardan 1 ming 61 donasi Jizzax viloyati va Toshkent shahriga yuborildi.
Off-take shartnomasi orqali BARS brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobil shinalardan 1 ming 286 donasi Toshkent shahriga, SAMAMA brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobil shinalardan 9 ming 802 tasi Fargʻona viloyatiga, MOBILE-ECO brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobil shinalardan 166 dona Xorazm viloyatiga yuborildi.
Rossiya Federatsiyasida joylashgan yangi hamkorimiz “Torg Liga” MCHJga esa 3 ming 81 dona avtomobil shinalari sotildi.
Demak, ichki bozor uchun 12 ming 315 dona va eksportga 3 ming 81 dona shinalar mijozlarga yetkazildi. Natijada ichki bozorga sotish boʻyicha kunlik rekord yangilandi.
Shu qatorda, yurtimizda faoliyat olib borayotgan eng yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga 940 p/m miqdorida konveyer tasmalari sotildi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ jamoasi kelgusida ham ushbu natijalardan-da yuksak marralarni zabt etishni maqsad qilishgan. Asosiysi, harakat va mehnat hamda masʼuliyat boʻlsa kifoya.