"BRZ"da manzilli targ'ibot tadbirlari muntazam o'tkaziladi
Joriy yilning 13-sentyabr kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda topshiriq jadvaliga muvofiq, korxona ishchi-xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, mehnat sharoitlarini va haq to'lanishini yaxshilash, noxush holatlarning oldini olish hamda ichki intizom, oshxonada tayyorlanayotgan taomlarning sifati, transport xizmati va tibbiyot punkti ish faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Korxonaning rezina qorishmalarini tayyorlash sexida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida bosh muhandis M.Aralov, komplayens xizmati boshlig'i D.Axmedov, xodimlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i D.Axmedov, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va atrof-muhitni himoya qilish bo'limi boshlig'i U.Madaripov hamda mehnat va ish haqini tashkil qilish bo'limi boshlig'i O.Illarionovalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sex ishchi-xodimlariga korxonada qabul qilingan ichki mehnat tartib-qoidalarining buzilishi, odob-axloq me'yorlariga zid holatlarning oldini olish, ichki tartib-intizomga rioya etilishini ta'minlash, korrupsiya holatlari hamda boshqa qonunga zid harakatlar haqida tushuntirishlar berildi. Jumladan, qonun buzilish holatlari ro'y berganda mas'ul bo'lim va xodimlarga murojaat qilish yuzasidan huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berib o'tildi.