“BRZ”da faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar “Xonatlas-2022” festivalida faol ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan 2022-yil 28-29-sentyabr kunlari “Xonatlas-2022” festivali oʻtkazilmoqda.
Mazkur festival doirasidagi tadbirlarda korxonamizda faoliyat yuritayotgan goʻzal va maftunkor xotin-qizlarimiz ham faol ishtirok etishmoqda.
Taʼkidlab oʻtish joizki, ushbu festivalni oʻtkazishdan maqsad, ona va buvilarimizdan meros boʻlib qolayotgan oʻzbek milliy liboslarimizga boʻlgan hurmatni saqlab qolish, oʻzbek ayollarining adrasu, atlaslarga boʻlgan didi va estetik qarashlarini namoyon qilishdir.
Xonatlas
Xonatlas – yurt avval-azali,
Mahzuna, Uvaysiy gʻazali.
Xonatlas egnida... suluv gʻamzali,
Qizlarning egnida xonatlas.
Atlasimda quyosh aksi bor,
Turnalar qoʻshigʻi, raqsi bor.
Muhabbat, rashk, hijron bahsi bor,
Qizlarning egnida xonatlas.
Samoga sochilmish yulduzlar,
Nurlidir kechalar, kunduzlar.
Atlasning chiroyi hur qizlar,
Qizlarning egnida xonatlas.
Yurtimning bahorin ramzi gul,
Behishtning suvrati-aksi gul.
Atlasga esh sochlari sumbul,
Qizlarning egnida xonatlas.
Sarhadlar osha koʻp yurt koʻrdim,
Dunyoni oralab men soʻrdim.
Xonatlas yurti bu – xon yurtim,
Qizlarning egnida xonatlas.