“BRZ”da Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Joriy yilning 2-noyabr kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida2gi 595-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda ijro-intizomi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” bosh direktori Gʻulomjon Ibragimov raisligida oʻtgan yigʻilishda korxonaning barcha rahbar xodimlari hamda masʼullar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan 2022-yil 2-noyabrdagi “Korxonada Odob-axloq komissiyasini tuzish hamda xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 533-sonli buyrugʻi kasaba uyushmasi raisi Diyor Alimov tomonidan oʻqib eshittirildi. Barcha korxona tizimidagi rahbar-xodimlarga qoʻl ostidagi ishchi-xodimlarni ham buyruq bilan tanishtirish vazifasi yuklatildi.

Shu bilan birga, yurist-konsult Kurbanbayeva Zuhra tomonidan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ maʼmuriyati va kasaba uyushmasining “Ichki mehnat tartibi qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qoʻshma buyruq-qarori oʻqib eshittirilib, barcha rahbar-xodimlar tanishtirildi. Komplayens xizmati boshligʻi Doniyor Axmedov, bosh direktor maslahatchisi Baxtiyor Mamatov hamda mehnat va ish haqini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Olesya Illarionovalarga korxonada ichki mehnat tartib-qoidalarini, KPI tizimi va idoraviy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan qilinishi lozim boʻlgan tizimli chora-tadbirlar rejasi belgilandi hamda masʼullar tayinlandi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech