”BRZ“ xodimlariga bayram shukuhi ulashildi

Yangi yil yangi orzular demakdir. Eski yil tugab, yangi yilning kirib kelishi barcha uchun birdek kutilgan va yangi orzu-niyatlar, yangi g‘oyalar, yangi rejalarga to‘la bo‘ladi.

O‘tib borayotgan 2022-yil ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJ faoliyatida ham muvaffaqiyatli yillardan biri bo‘ldi. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘yicha erishgan yutuqlari o‘tib borayotgan yilning tarix zarvaraqlaridan joy olmoqda.

Bugun korxonada ishchi-xodimlarning bayram arafasida kayfiyatini ko‘tarish, ularga xursandchilik bag‘ishlash maqsadida Kasaba uyushma qo'mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida bayram dasturxoni yozilib, osh tarqatildi. Bayramga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurdi.

Bayram kechasida bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. She’r aytgan ishchi-xodimlarga Qorbobo va Qorqizning bayram sovg‘alari ulashildi, ezgu tilaklar bildirildi.

Korxona rahbariyati tomonidan bayramona xush kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan badiiy kecha va fayzli dasturxon atrofidagi dilkash suhbatlar barcha ishchi-xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech