“BRZ” – xalqaro standart talablariga javob bermoqda
Joriy yilning sentyabr oyida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda “DQS Quality Systems” MChJ xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan ISO 9001:2015, IATF 16949:2016 xalqaro standartlari boʻyicha re-sertifikatlashtirish auditi boʻlib oʻtdi. Natijada ikkala xalqaro standartlar aʼlo darajada himoyalanib, muvofiqlik sertifikatlari qoʻlga kiritildi.
Bu esa oʻz navbatida, korxonada takomillashtirilgan tashkiliy (menejment) tuzilmaning ishlab chiqilganligi va uning faoliyati “Jarayonli yondashuv” asosiga muvofiqlashtirilganligi, ishlab chiqarish jarayonida texnologiya, sifat nazorati, texnik va energetik taʼminot xizmat koʻrsatish jarayonlarining samarali yoʻlga qoʻyilganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda ISO va IATF xalqaro standartlari va “UzAutoMotors” AJning BIQS talablari boʻyicha korxonamizda ishlab chiqarish tizimi va mahsulot sifatiga qoʻyilgan barcha talablar joriy qilingan.
Maʼlumot oʻrnida, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ oʻtgan 2021-yilning aprel oyida “DQS Quality Systems” MChJ xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan ISO 9001:2015, IATF 16949:2016 va ISO 50001:2018 xalqaro standartlari boʻyicha sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtgan edi.