"BRZ – mening taqdirimda!" tanlovi g'olibi aniqlandi

    Avval xabar berganimizdek, davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida "Birinchi rezinotexnika zavodi – mening taqdirimda!" nomli intervyular tanlovini e'lon qilgan edik. Unda mustaqillik tengdoshlari bo'lgan xodimlarimiz ishtirok etishdi.

    Ishtirokchilarning intervyulari tanlov nizomida nazarda tutilgan mezonlar asosida ko'rib chiqildi.

    Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra, muhandislik mahsulotlari boshqarmasi muhandis-konstruktori Nishonov Abdusattor g'olib deb topildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech