"BRZ" MChJda "To'g'ri va chiroyli yoz!" tanlovi o'tkazildi

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan yo'l xaritasiga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi bo'yicha "To'g'ri va chiroyli yoz!" tanlovi o'tkazildi.

    Tanlov shartiga ko'ra, ishchi-xodimlardan diktant olindi. Xodimlarning to'g'ri, imlo va uslubiy xatosiz, chiroyli yozganlariga alohida e'tibor qaratildi.

    Eng chiroyli va xatosiz yozgan devonxona hujjat ishlarini yurituvchi Matkasimova Dildora g'olib deb topildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech