"BRZ" MCHJda ayol ishchi xodimlar takliflari qo'llab-quvvatlandi

So'nggi yillarda mamlakatimizda demokratik siyosiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtiroki inobatga olingan holda ularning ijtimoiy-sotsial faolligini yanada oshirish, turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJda ish faoliyati jarayonida xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga bo'lgan alohida e'tibor tahsinga sazovor. Ishchi ayol xodimlar har damda korxona rahbariyatining g'amxo'rligini his etib, mamnun holda ishlashmoqda.

"O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi - xotin qizlar boshlang'ich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova korxonaga tashrifi davomida xotin-qizlar boshlang'ich tashkiloti raisi M. Kasimova va mas'ul xodimlar hamkorligida davra suhbati o'tkazildi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Suhbat davomida korxona ishchi-ayol xodimlari o'zlarining bir qator taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech