"BRZ" MChJ yangiliklari
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xarid qobiliyatini yanada oshirish, narx belgilashning zamonaviy usullarini qo‘llash va xaridorlar bilan shartnomalar tuzish tartibini soddalashtirish, mahsulotlarni realizatsiya qilishda shaffoflikni ta’minlash va iste’molchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022 yil 18 yanvarda “BRZ” MCHJ ning 13-sonli buyruqi qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida savdoni rag‘batlantirishning samarali usullari tizimi – xaridorlarni rag‘batlantirish va mahsulotlarni tezkor sotishga qaratilgan maxsus chegirma tizimi ishlab chiqilgan.
Shartnomalar tuzish tartibi soddalashtirildi. Bu esa chakana savdoda mahsulotlarning xarid qobiliyatini yanada oshirishga qaratilgan mezonlar hisobga olingan holda savdo tizimining shaffofligini ta’minlaydi. Shu bilan birga mahsulotlarni ro'yxatga olish va jo'natish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish ko'zda tutilgan.