“BRZ” MChJ laboratoriyasi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning Fizika-mexanik sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi (PMIiKhA) O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya tizimida muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Laboratoriya yuqori talablarga javob beradi va barcha testlar, tahlillar va o'lchovlarning aniqligi ishonchliligini kafolatlaydi.
Joriy yilning 15 aprel kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ qoshidagi fizik-mexanik sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti boʻyicha akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Akkreditatsiya – bu laboratoriyaning texnik holati va imkoniyatlarini.Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standartining joriy etilishi laboratoriyamiz natijalarini milliy miqyosda tan olish imkonini beradi, shuningdek, qoʻshimcha sifat kafolatini beradi. Bu “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Fizika-mexanik sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi sinovlari sifati yanada ishonchli bo‘lishini anglatadi.