BRIFING TASHKIL ETILDI

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XK Obyektlarni yong‘in xavfsizligini ta’minlanishini tashkil etish bo‘linmasi tomonidan korxona xodimlari uchun cho‘milish qoidalari va cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan brifing tashkil etildi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan brifingda YOXTTEB soha xodimlari “Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, cho‘milish mavsumida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar”, shuningdek, cho‘kish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish mavzusi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech