Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim!
#Qadring baland boʻlsin, ona tilim!
Til - har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Fikrimizning isboti sifatida Prezidentimizning “Kimda kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”, degan soʻzlarini keltirishimiz mumkin.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda 21 – oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida #chellenj tashkil etildi. Unda korxonaning ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.