"Birinchi Rezinotexnika zavodi"MCHJ da tikuvchilik ishlab chiqarishining ochilishi "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MChJda yangi tikuv sexining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2020 yil 11 noyabr kuni bo'lib o'tgan VIII- qurultoyida Federatsiya raisi Q.Rafikov O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab "Mustaqillikning o'ttiz yiligiga - o'ttizta yangi ish o'rni" tashabbusi bilan chiqib, unga ko’ra har bir tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashlari tomonidan 30 tadan yangi ish o'rinlarini yaratish g'oyasi ilgari surilgan edi. Mazkur tashabbus barcha tarmoq kengashlari tomonidan bir ovozdan qo'llab -quvvatlanib, tegishli tartibda amaliy ishlarga kirishilgani bugun ko'plab ishsiz aholining bandligini ta'minlash imkonini bermoqda.
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha hududlarda ishsiz yoki boquvchisini yo'qotgan oilalarda xotin-qizlar uchun "ayollar daftarlari" tashkil etildi. Ushbu yo'nalish bo'yicha yangi tizim va yangi tartib asosida respublika kimyo sanoati xodimlari kasaba uyushmasida ham ish olib borilmoqda. Masalan, "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ hududida tikuvchilik ishlab chiqarish tashkil etildi, unda "ayollar daftari" va "temir daftar"ro'yxatiga kiritilgan 30 ayol mehnat qilmoqda.
"Mustaqillikning o'ttiz yiligiga - o'ttizta yangi ish o'rni" tashabbusini amalga oshirish maqsadida Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tarmoq tizimidagi korxonalar imkoniyatidan kelib chiqib, "Birinchi Rezinotexnika zavodi" masuliyati cheklangan Jamiyat (MCHJ) qoshida Angren shahridagi “Ayollar va yoshlar daftari”ga kiritilgan kam ta’minlangan, extiyojmand va nogironligi bor fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida yangi tikuv sexi ochildi.
O'zimizning zamonaviy tikuvchilik seximiz zavodning asosiy bo'g'inlaridan biridir. Zavod hududida kichik va o'rta o'lchamdagi partiyalarni tikish uchun ishlab chiqarish ob'ektlari joylashgan. Tikuvchilik sexi turli profildagi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, u individual buyurtmachi uchun turli xil korporativ kiyim va kiyim-kechaklarni tikish imkonini beradi. Yangi tikuvchilik ishlab chiqarish quvvati to'qimachilik mahsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi, tikuv mashinalari maxsus mutaxassislar tomonidan xizmat ko'rsatiladi va sozlanadi, ustaxonalar tayyor mahsulot sifatini doimiy ravishda saqlab turadi.S. Saidullaeva o'n yillik tajribaga ega tikuvchilik sexi rahbari bo'lib, tikuvchilar bu erga ishga kirishdan oldin qat'iy tanlovdan o'tgan. Xodimlar, shuningdek, noyob eskizlar asosida naqsh yaratishga qodir bo'lgan tajribali dizaynerni ham ish bilan ta'minlaydilar.
Yangi ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi M.Xalilova ishtiroq etdi.
Tantanali ochilish marosimi ishtirokchilariga tikuvchilik sexi ustalari tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma doirasida qiziqarli ekskursiya taklif etildi. Tadbir dasturi doirasida seminar rahbari Saydullayeva Sevara boshchiligidagi yangi ishlab chiqarish mutaxassislari sexni tashkil etish va qurish bosqichlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va korxonani rivojlantirish rejalari haqida so'zlab berdi.
Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko’maklashish, ishsiz xotin-qizlar, ayniqsa, yoshlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ehtiojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlarga ega bo’lgan ushbu yangi ochilgan tikuv korxonasi ayni muddat bo’ldi.
Yangi tikuvchilik ishlab chiqarish ishlari Toshkent viloyati va Angren shahri iqtisodiyotini rivojlantirishga qo'shimcha rag'bat bermoqda. Yangi zamonaviy ishlab chiqarish "ayollar daftari" tizimidagi hamkorlik va faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.