“Birinchi rezinotexnika zavodi”da “Zakovat” intellektal turniri tashkil etildi
Prezidentimizning “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarin rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish va ragʻbatlantirish maqsadida, Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.
Unda barcha ishlab chiqarish sexlari va boʻlimlarning eng bilimdon xodimlaridan tarkib topgan besh jamoa oʻzaro bellashishdi.
Bilimlar bellashuvida barcha jamoaning aʼzolari bilim-tafakkurlarini ishga solishdi. Qizgʻin baxs-munozara, savol-javoblar ruhida kechgan intellektual baxsda munosiblar bilim-salohiyatini namoyish qilishdi.
Yakuniy natijaga koʻra, Ishlab chiqarish texnik boʻlimi jamoasi 1-oʻrinni egallab, gʻolib boʻlishdi.