"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJda yoshlar kuni nishonlandi
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bosh direktori G'.I.Ibragimov korxonada ish faoliyatini olib borayotgan yoshlarni 30 iyun - Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
"Sizlarni mamlakatimizda nishonlanayotgan qutlug' ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bugungi quvonchli kunda avvalo yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash bo'yicha yangi tizim yaratilgani, o'g'il-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik tuyg'usi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik O'zbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e'tirof etamiz!".
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bosh direktori G'.I.Ibragimov tomonidan korxonada faoliyat olib borayotgan yosh ishchi xodimlarga ish faoliyati davomida yuqori natija hamda jamoat ishlarida faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg'alari va tashakurnomalar taqdim etildi.
Bosh direktorning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi F.I.Matasimov muhtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlar uchun olib borilayotgan islohotlar haqida to'xtalib, o'tgan bir yilning o'zida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bo'lgan 20 dan ziyod qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganini takidlab o'tdi.