“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MCHJda "Yosh kitobxon"
Kitob o’qimay qo’ydi yoshlar
Telefondan ko’tarilmas boshlar
Hayotining mazmuniga aylangan Internet
O’zi yeb-ichmasa xam telefoniga qilar “paynet”
Bu ketishda qachon o’qiydi kitob
Axir kitob bilim, ziyo va oftob.
Ushbu she’rni “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilaridan biri – ishlab chiqarish-texnika bo‘limi , ishlab chiqarishga tayyorgarlik muhandisi Sh.Mirzahmedov mazkur intellektual bellashuvning zavod bosqichi finalida o‘qib berdi.
“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yosh mutaxassislar kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining zavod bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk alloma, shoir va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobsevarlar ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida bunday ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyotni yuksaltirish, kitobxonlikni ommalashtirishdan iborat.
Zavodda o‘tkazilgan tanlovda zavodning 7 nafar ishchisi qatnashdi. Tadbir doirasida har bir ishtirokchi 6 ta bellashuv bosqichidan o‘tdi. Usbu taqdimotda kitob mutolaasi saviyasini oshirish bo‘yicha yangilik takliflari, “Badiiy adabiyot bilimdoni”, “Savol-javob”, “Buyuk mutafakkir va yozuvchi” va “Aktyorlik san’ati”.
Hakamlar hay’ati a’zolarining fikricha, “Yosh kitobxon” tanlovida omologatsiya bo‘limi muhandisi O.Mirzayev eng yaxshi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni savdo bo‘limi yetakchi mutaxassisi B.Shodiyev, uchinchi o‘rinni texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi elektromontyori A.To‘ychiev egalladi.