"Birinchi Rezinotexnika zavodi" MChJda yangi tayinlovlar

Kimyogarlar kuni - kasb bayrami arafasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi:

  1. Aralov Mansur Abduraxmonovich “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ bosh muhandisi etib tayinlandi.

Mansur Aralov 2010-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bakalavriatini, 2014-yilda Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining magistraturasini tamomlagan. "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i, . “O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish bo’yicha mutaxassisi va qimmatbaho metallar bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

  

  1. Isaev Uyg‘un Bahodirovich “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ xaridlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.

Uyg‘un Isaev 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiy a’loqalar banki” fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Nazorat-taftish boshqarmasi bosh mutaxassisi, “O‘zkimyoimpeks” MChJ tashqi xaridlar boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech