“Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida joylarda «Uch avlod uchrashuvi» kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

     «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJda tashkil etilgan «Uch avlod uchrashuvi»da boy tajribaga ega korxona xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

     Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish an’anaga aylanishi lozim. Nuroniylarimizning boy hayotiy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining mehnati, yosh avlodning shijoati birgalikda katta kuch bo‘ladi. Tadbir davomida korxonada fidokorona mehnat qilgan va yosh xodimlarga ko‘p jabhalarda ustozlik qilgan Farida Hakimova hamda Alisher Azizovlar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

     -Bu kabi uchrashuvlarni tashkil etish nafaqat tajriba almashish, balki yoshlarni tafakkur qilishga, yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi - deydi Farida Hakimova. - O‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi dorilomon kunlarga, o‘zgarishlarga shukronalik hissi bilan yashash yoshlarimizni kelajak sari yuksak maqsadlarni belgilab olishlariga xizmat qiladi.

     Shuningdek, tadbirda Bosh direktorning Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Firdavs Matasimov, Laboratoriya bo‘limi boshlig‘i Abduqayum Sherbo‘tayev, muhandislar Shoxruh Mirzaxmedov,  Farruh Mutalimovlar,  sotuv bo‘limi yetakchi mutaxassisi Baxtiyor Shodiyev, Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xom ashyo materiallarni mahalliylashtirish bo'limi boshlig'i Abror Nizametdinov  so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

     Uch avlod uchrashuvida boy hayotiy tajribalar almashildi, fikr-mulohazalar tinglandi. Korxona faoliyati rivoji yo‘lida yangi marralar belgilab olindi, yangi tashabbuslar, g‘oyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz, real hayotiy natijalarga aylanib, korxonamizning yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech