«Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJda “Temur tuzuklari” viktorinasi o‘tkazildi

11 aprel kuni “ Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati uchastka va sexlari xodimlari o‘rtasida “Temur tuzuklari” viktorinasi o‘tkazildi. Ijodiy tanlovda zavodning 10 dan ortiq ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish hamda milliy an’analar, madaniyatni targ‘ib etish, buyuk ajdodlar tarixini o‘rganishdan iborat edi. Tadbir tashabbuskori – Bosh direktorning ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatov.

Ishtirokchilarga maxsus tayyorlangan test savollariga javob berish taklif qilindi. Viktorina natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Shina ishlab chiqarish smena ustasi Nuritdinov Shoxrux egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech