“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati oʻrganildi
Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tiizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Angren shahrida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar, mahallalar, taʼlim muassasalarida “Maʼnaviyat xonasi”ni tashkil etish va jihozlash boʻyicha “Eng namunali Maʼnaviyat xonasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida Angren shahar hokimining farmoyishi qabul qilingan edi.
Shunga muvofiq, shahar hokimi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan tanlovda bizning korxona ham ishtirok etmoqda.
Angren shahar hokimining Davlat tilida ish yuritish boʻyicha maslahatchisi Nazirova Nargiza, Angren shahar maʼnaviyat-maʼrifat markazi rahbari Alijon Yusupov hamda yetakchi-mutaxassis Yorqin Joʻrayevlardan tashkil topgan ishchi guruh korxonada tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati bilan tanishdilar.
Ishchi guruh tomonidan korxonada 2022-yil davomida maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar hisoboti hamda ish hujjatlari oʻrganildi. Jumladan, korxonada tashkil etilgan Maʼnaviyat xonasi va ish hujjatlarining davlat tilida yuritilishi, ishlab chiqarish sexlari va boʻlimlardagi kutubxonalar holati bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan korxonada yoʻlga qoʻyilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xususida muloqot olib borildi.
“Eng namunali maʼnaviyat xonasi” koʻrik-tanlovi shartlariga muvofiq tegishli ballar qoʻyildi.