“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda seminar bo‘lib o‘tdi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yoshlar o‘rtasida terrorizm va ekstremizm qarshi kurashish, turli diniy oqimlarga kirib ketishini oldini olish internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Komplayens xizmati rahbari D.Ahmedov o‘z nutqida Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qullab-quvatlash, ular o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" loyihalarni amalga oshirish "Korrupsiya kelajakka tahdid" mavzulari haqida tushuncha berib o‘tdi.
Yig‘ilganlar oldida bosh direktorning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatov internet tarmog‘idagi axborotning zarari va foydalari haqida ma’ruza qildi.