“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda sayyor seminar-trening tashkil etildi
#Qadring baland boʻlsin, ona tilim!
Bugun “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan sayyor seminar-trening oʻtkazilmoqda.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mas’ul xodimlari hamda tarmoq korxonalarining davlat tili maslahatchilari, xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishmoqda.
Seminar-treningda Prezidentimizning 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida korxonada amalga oshirilgan ishlar tahlil qolindi.
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan mos davri mobaynida ishchi-xodimlarning bilim tafakkuri, salohiyati hamda dunyoqarashini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va sharoitlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar xususida soʻz bordi.