“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan korxona yong‘in xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamkorligida ma’naviyat soati o‘tkazildi
Ma’naviyat soatida korxona yong‘in xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Ma’naviyat soatida Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlanganligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hamda davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgi, Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
So‘zga chiqqanlar Vatanimiz bayrog‘ining yaratilish tarixi, uni o‘rnatish, undagi timsollar haqida batafsil ma’lumot berdilar.