"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ma'naviy va ma'rifiy ishlarning hozirgi holati o'rganildi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'limi rahbari A.T.Yusupov tomonidan "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ma'naviy va ma'rifiy ishlarning hozirgi holati o'rganildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosini ta'minlash borasidagi ishlar ko'rildi.
O'rganish jarayonida Bosh direktorning Davlat tili va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha maslahatchisi B.R.Mamatov bilan ma'naviy va ma'rifiy sohaga oid ishlar tahlil qilindi. Korxonada 2022-yil uchun davriy nashrlarga faollik bilan obuna tashkil etilgan.
Bundan tashqari, ishchi-xodimlarning turli xildagi kitoblar mutolaa qilishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazilishi uchun ham sharoitlar yetarli.
Korxonada sohaga oid tadbirlar bo'yicha shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda rejalar tuzishga kelishildi hamda markaz tomonidan amaliy yordam ko'rsatildi.