"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ xodimlari tomonidan manfaatlar to'qnashuvlari to'g'risidagi ma'lumotlar deklaratsiya qilindi
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJning "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" talablari asosida jamiyatda manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilishning tartibi o'rnatilgan.
Jumladan, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJning 2021-yil 28-fevralda 60-son buyruq bilan tasdiqlangan "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" talablari asosida korrupsiogen omillarni barvaqt oldini olish, ularni bartaraf etish maqsadida korxonada xizmat vazifasiga ko'ra korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli yuqori bo'lgan xodimlar tomonidan yiliga bir marta manfaatlar to'qnashuvini oshkor qilish shakli (deklaratsiya) to'ldirilishi belgilab qo'yilgan.
Mazkur siyosat talablariga muvofiq "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJning jami 83 nafar mas'ul xodimlari tomonidan manfaatlar to'qnashuvi deklaratsiyalari to'ldirildi.
Shuni ta'kidlash lozimki, xodimlar tomonidan deklaratsiya to'ldirilishida biron-bir tashkilotda moliyaviy manfaatdorligi borligi, shu jumladan, ustav kapitalida ishtirok etishi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulk shaklidan qat'i nazar moddiy yoki nomoddiy foyda olinayotganligini ko'rsatish lozim.
To'ldirilgan deklaratsiyalar tahlil qilinganda mas'ul xodimlardan 1 nafari tadbirkorlik sub'yektida rahbar ekanligi ma'lum bo'ldi.
Deklaratsiya to'ldirish natijasida haqiqiy va eрtimoliy manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaruvchi holatlar aniqlanmadi.
Korxonada manfaatlar to'qnashuvini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.