“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda umumxalq hashari tashkil etildi
Maʼlumki, hukumat farmoyishiga asosan (10.03.2023 y 111-F) asosan Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik koʻrish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazish belgilab qoʻyilgan edi.
Shu munosabat bilan, bugun 18-mart kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxonaning ishchi-xodimlari ishtirokida hashar oʻtkazildi. Unda barcha xodimlar uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.
Korxona hududi boʻylab obodonlashtirish-koʻkalamzorlashtirish ishlari amamlga oshirildi. Jumladan, korxonaning 200 metr latok chiqindilardan tozalanib, bino atrofiga gul koʻchatlari hamda 500 tup behi koʻchati ekildi. 650 дона daraxt oqlandi. Daraxt taglari yumshatilib, ortiqcha shox-butalar olib tashlandi. Ariq ichlari chiqindilardan tozalanib, supirildi.
Korxonaninng ishlab chiqarish sexlari va maʼmuriy binoda ham tozalash ishlari olib borildi. Barcha ishchi-xodimlar birgalikda, uyushqoqlik bilan ish joylarini tartibga keltirishdi.
Korxona obodonchiligiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishni insoniy burchi deb bilgan ishchi-xodimlar hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanligini yana bir karra namoyon etishdi.