“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xkda o’quv-taktik mashg’ulot

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK OYOXTTEB harbiy xizmatchilari tomonidan "Yong'in xavfsizligini ta'minlash" bo‘yicha o’quv-taktik mashg’ulot o’tkazildi. Tadbirda asosiy maqsad ishchi-xizmatchilarni favqullodda holat yoki yong’in sodir bo’lganda qanday harakatlanish va ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalarini favqullodda holat yoki yong’in sodir bo’lganda qanday harakatlanishi hamda vazifalariga qaratildi.

Tadbirni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK OYOXTTEB boshlig’i mayor A.I.Ismatillayev kirish so’zi bilan ochib berdi, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK sodir bo‘lishi mumkin boʻlgan yong‘inni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish boʻyicha ishchi hodimlarga amaliy hamda nazariy tushunchalar berildi. Tadbirda ichki xodimlarni oquv malakalarini oshirishga qaratilgan chiqishlar ishchi xodimlar tomonidan birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish boʻyisha nazariy hamda amaliy ishlar amalga oshirildi. So’ngra so’z navbati smena boshlig’i kapitan Q.Toshpo’latovga berildi, notiq ishchi-xizmatchilarga  korxona hududidagi yer osti suv olgichlari hamda o’t o’chirish avtomobilli haqida tushinchalar berdi. So’ngra shartli ravishda xavf signali berildi va ishchi-xizmatchilarni favqullodda holat yoki yong’in sodir bo’lganda qanday harakat qilishi kuzatildi.

Tadbir soʻngida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK OYoXTTEB boshligʻi mayor A.I.Ismatullayev ishchi xizmatchilarni  qiziqtirgan savollariga javob berdi va ishchi-xizmatchi xodimlar bilan xato kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech