“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida – "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan "Yangi hayot uchun,Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida 2023-yil 23-avgust kuni ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi.

Xodimlarning bilim va salohiyatlari sinalgan bellashuvda

 Fizik-mexanik  sinov va kimyoviy laboratoriyasi 1-o‘rin ,

Korxona boshqaruv xodimlari  2-o‘rin,

Ishlab chiqarish texnologiya bo‘limi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech