"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XK yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan samimiy qutlaydi
Bugun 8- dekabr, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bundan 31 yil avval tinch va osoyishta hayotimizning kafolati, mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
Konstitutsiyamiz inson huquq va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va totuvlikni taʼminlash, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Ushbu tarixiy kunda barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va hotirjamlik barqaror bo'lsin!