“BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI” MCHJ XK MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASI SIYOSATI

BIZNING MISSIYAMIZ:

Insonlar xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlashni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlar darajasini kengaytirish va mavjud har qanday muammoni masalaga aytantirib yechish, mehnat muhofazasi sohasining amaldagi qununchiligi va xalqaro standartlariga muvofiqligini ta’minlash.

BIZNING MAQSADLARIMIZ:

  1. “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK (keyingi o‘rinlarda – korxona) xodimlarining mehnat jarayonida xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘ini, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
  2. Korxona ob’ektlarida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni, avariya va noxush hodisalarni oldini olish.
  3. Korxona jamoa bo‘lib (birgalikda) “Jarohatlanish nol (Vision Zero)” shiori ostida mehnat muhofazasi sohasini yaxshilashga intilish.
  4. Ishlab chiqarish va tarkibiy tuzilmalardagi kasblaga oid mavjud xavflarni aniqlash va identifikatsiya qilish, xavf (xatar)larni baholash va boshqarish;
  5. Xavflarni boshqarish tizimini joriy qilish va rivojlantirish asosida mehnat muhofazasi sohasidagi xavf (xatar)larni kamaytirish.
  6. Mehnat muhofazasi sohasida sarf-harajatlarni minimallashtirish yuzasidan eng maqbul usullarni o‘rnatish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni qo‘llab quvvatlash.
  7. Korxonada xodimlarning xavfsizligi, hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlarni, avariya va noxush hodisa holatlarini aniqlash va  yuzaga kelishini oldini olishni tizimlashtirish.
  8. Xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, jarohatlanishlar va kasb kasalligi, noxush hodisa va avariyalar bo‘yicha ogohlantirishda ijobiy faol xodimlarni rag‘batlantirish.
  9. Korxonada ISO 45001:2018 xalqaro standart talablarini joriy qilish.
  10. Korxona xodimlarini mehnatni muhofaza qilish tadbirlarida faol ishtirok etishga jalb qilish, buning uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan korxonaning har bir xodimi shaxsiy xavfsizligi va atrofidagi xodimlar xavfsizligi uchun javobgarligini anglab yetadigan motivatsiya usullarini ishlab chiqish.
  11. Korxona ob'ektlarida faoliyat yurituvchi yetkazib beruvchilar va pudratchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi standartlar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish.
  12. Ish joylarini loyihalash, ishlab chiqarish jarayonlarni xarakteristikasidan kelib chiqib, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan tanlash va ishga biriktirish;
  13. Mehnat muhofazasi siyosatni davriy tahlil qilish, o‘zgartirishlar kiritish va takomillashtirish, uning mazmun va mihiyatini oshirish.

 BIZNING MAJBURIYATIMIZ:

  • mehnat muhofazasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablarini bajarish, shuningdek amaldagi xalqaro standartlar, me’yorlarni qo‘llash, rivojlanishga xizmat qiluvchi maqsadlar va tamoyillar majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda qabul qilish;
  • korxonaning barqaror va samarali rivojlanishi uchun mehnat muhofazasi sohasini boshqarish tizimini muntazam takomillashtirish;
  • mehnat muhofazasi sohasi boshqarish tizimini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, shuningdek ISO 45001:2018 xalqaro standart va korxona integratsiyalashgan boshqaruv tizimi siyosati talablariga muvofiqligini ta’minlash;
  • mehnat muhofazasini boshqarish tizimining ishlashini va doimiy takomillashtirilishini ta’minlashda barcha darajadagi xodimlarning ishtiroki uchun sharoit yaratish, ularni boshqaruv (menejment) tizimini rivojlantirishga jalb qilish, ularning ishtirokini ragbatlantirish va qo‘llab quvvatlash;
  • mehnat muhofazasi sohasidagi xavf va xatarlarni baholash, identifikatsiyalashni amalga oshirish va xavf va xatarlar darajasini tushirish (kamatirish);
  • XIChO ishlar barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan mehnat muhofazasi sohasidagi kompleks muammolar va topshiriqlarni hal qilish, shuningdek korxona xodimlari xavfsizligiga, hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sirlarni kamaytirish;
  • favqulodda vaziyat, avariya va jarohatlanish holatlaridan ogohlantirish va ularni yuzaga kelishini oshdini olishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro standartlar talablaridan olingan amaliyot va tajriba asosida korxona barcha tarkibiy tuzilmalarida ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish;
  • mehnat muhofazasi sohasi faoliyatini barcha zaruriy resurslar (mutaxassis xodimlar, moddiy, material va h.k.) bilan ta’minlash va qo‘llab quvvatlash;
  • mehnat muhofazasi sohasida korxona barcha xodimlarining malaka darajasi oshirilishini ta’minlash;
  • xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • o‘z xavfsizligi va atrof-muhit xavfsizligiga mas’uliyat (javobgarlik)ni oshirish uchun xodimlar o‘rtasida madaniyatni targ‘ib qilish;
  • mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha tarkibiy tuzilmalar ishchi-xodimlari va rahbarlari uchun o‘qitish (konsultatsiya) o‘tkazish, ularning tashabbuslarni ilgari surishi va belgilangan talablarga rioya qilishini rag‘batlantirish;
  • manfaatdor shaxslar uchun ochiqlikni va mehnat muhofazasi sohasida ma’lumotlarning oshkor etilishini ta’minlash, barcha manfaatdor tomonlar bilan muntazam hamkorlikni amalga oshirish;
  • tabiiy va epidemiologik tashqi tahdidlarga o‘z vaqtida va to‘liq javob berishni ta’minlash;
  • korxonada faoliyat olib borayotgan manfaatdor pudratchi (subpudratchi)larni mehnat muhofazasi talablariga amal qilishni talab qilish;
  • korxona xodimlarini mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga kiritilayotgan yangi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida xabardor qilish;
  • tashkilot rahbari va xodimlarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xabardor qilish va maslahat berish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba va ilmiy ishlanmalarni joriy etish, mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ‘ib qilish.

 

BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI” MChJ XK MA’MURIYATI mazkur mehnat muhofazasi sohasi siyosatini amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi va mehnat vazifalarini bajarish doirasida har bir xodimdan o‘z ish joyida ushbu hujjat qoidalarini bajarishini talab qiladi.

MEHNAT MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI SIYOSATI va maqsadlarini amalga oshirish barcha tarkibiy tuzilma rahbarlariga, amalga oshirilishini nazorat qilish va qayt ko‘rib chiqish Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va atrof muhit muhofazasi guruhi rahbariga yuklatiladi.

 Eslatma: “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKning mehnatni muhofaza qilish sohasi siyosati korxona Bosh direktori tomonidan 22.07.2023y. sanada tasdiqlangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech