“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK korxonasi tomonidan shinalarni eksport qilish masalasi yuzasidan olingan muvofiqlik sertifikatlari

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ xorijiy korxonasi 2023-yil mahsulotlarni eksport qilish masalasi yuzasidan rejalashtirilgan ulkan maqsadlarini amalga oshirish uchun 1-bosqichda 22 turdagi shinalarni tashqi bozorga olib chiqish borasida avvalambor, shinalar xavfsizligini, ishonchliligini sinovlardan o‘tkazib, xulosa beruvchi Chexiya Respublikasining Transport vazirligi qoshidagi “Rezina texnologiyasi va sinovi instituti”ga shinalar yetkazib berildi va institut tomonidan kerakli bo‘lgan barcha laboratoriya sinovlari o‘tkazilib, shinalarga ECE yevrosertifikatlari olindi. Hamda ushbu sertifikatlarga muvofiq, ANT “Шинтест” tomonidan ТР ТС bojxona ittifoqini texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari aprel oyida olinib, shinalar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda ishlab chiqilgan dastur asosida maqsadning 2-bosqichiga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan 34 turdagi shinalarga ECE yevrosertifikatlarni olish uchun Chexiya Respublikasining “Rezina texnologiyasi va sinovi instituti”ga yuborildi. Bunda shinalar laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilib, olingan ijobiy natijalarga asoslangan holda, ECE yevrosertifikatlarni iyun oyi yakuniga qadar olish va eksportni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech