“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ salohiyatli kadrlar masalasiga eʼtibor qaratmoqda
Bugungi kunda respublikada yetakchi korxonalardan biri sanalgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning salohiyatli va tajribali kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratayotgani korxona ish faoliyati sifatining oshishiga olib kelmoqda.
Prezidentimizning “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-iyundagi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini bajarish maqsadida oliy taʼlim muassasalariga kirgan ishchi-xodimlarimizning ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha kontrakt toʻlovlari toʻlab berilmoqda.
Jumladan bugungi kunda korxonamizda jami 143 nafar ishchi-xodimlar oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda. Ulardan 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar soni 90 nafarni, 23 nafarini esa xotin-qizlar tashkil qiladi. Korxona hisobidan 15 nafar ishchi-xodimlarga shartnoma puli qoplab berilmoqda.
2022-2023 oʻquv yilida korxonamiz ishchi-xodimlaridan 45 nafari oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlishdi. Ulardan 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar 27 nafarni, 8 nafarini esa xotin-qizlar tashkil etadi.
Oʻtgan 9 oy mobaynida 244 nafar xodimlar malaka oshirishdi. Shulardan rahbar xodimlar 90 nafarni, mutaxassis va texnik xodimlar 72, ishlab chiqarish xodimlari 82 nafarni tashkil etadi.
Talabalarning korxonamizda amaliyot oʻtashlari hamda tajribali xodimlardan ish malakasini oʻrganishlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻtgan 9 oy davomida oliy taʼlim muassasalarining 19 nafar, Angren texnologiya texnikumining 53 nafar talabasi amaliyot oʻtashdi. Talabalarning “ustoz-shogird” anʼanasi asosida nazariy oʻrgangan bilimlarini amaliyotda qoʻllashlari uchun imkoniyat yaratilgan.