"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ ning MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) bo'yicha ma'lumotlari
Ma'lumki, 2021-yil 17-sentyabrda "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ va "TTT AUDIT" MCHJ o'rtasida 2018-2020-yillar uchun shakllantirilgan xalqaro audit standartlari bo'yicha umumiy qiymati 235 million so'm miqdoridagi shartnoma imzolangan edi.
Joriy yilning 13-yanvarida "Veritas" MCHJ bilan kompaniyaning 2018-2020-yillardagi aktivlarining qadrsizlanishi hisoboti bo'yicha umumiy qiymati 185 million so'mlik shartnoma imzolandi. Mart oyida esa mutaxassislar bilan moliyaviy hisobotlarning tarjimasini o'zgartirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun umumiy qiymati 102 million so'mlik fuqaroviy-huquqiy shartnomalari tuzildi.
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ uchun xalqaro moliyaviy hisobot standarti (MHXS)ga o'tish biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish, moliya sohasida yuqori daraja va jahon bozorlariga chiqish imkoniyati, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish uchun zarurdir.
MHXS hisobotining qulayligi shundaki, biznesning holatini ko'rish va baholash, moliyaviy hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, investorlar uchun esa ishlab chiqarishning shaffofligini baholash, investitsiyalar qiymatini hisoblash va investitsiya loyihasining bo'lishi mumkin bo'lgan xatarlarini baholash imkoniyatini beradi. Eng muhimi, korxonada MHXSdan foydalanish kapitalni jalb qilish xarajatlarini kamaytiradi.
25-may kuni "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi o'rinbosari A.X.To'xtaev raisligida tasarrufdagi korxonalar va KPMJ auditorlari ishtirokida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator vazifalar belgilandi. Belgilangan vazifalar doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-yil uchun xalqaro moliyaviy hisobotning yakuniy topshirish vaqti joriy yilning avgust oyi etib rejalashtirilgan.