“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ ning MHXC (Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) boʻyicha maʼlumotlari
Maʼlumki, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ va “TTT AUDIT” MCHJ oʻrtasida 2018-2020-yillar uchun shakllantirilgan Xalqaro audit standartlari boʻyicha shartnoma imzolangani va amalga oshirilayotgan amaliy ishlar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim qilgan edik.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS)ga oʻtish biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish, moliya sohasida yuqori daraja va jahon bozorlariga chiqish imkoniyati, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish uchun zarurdir.
MHXS hisobotining qulayligi shundaki, biznesning holatini koʻrish va baholash, moliyaviy hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish, investorlar uchun esa ishlab chiqarishning shaffofligini baholash, investitsiyalar qiymatini hisoblash va investitsiya loyihasining boʻlishi mumkin boʻlgan xatarlarini baholash imkoniyatini beradi. Eng muhimi, korxonada MHXSdan foydalanish kapitalni jalb qilish xarajatlarini kamaytiradi.
Bugungi kunda korxonaning 10 nafar xodimlari MHXS boʻyicha malaka oshirishda oʻqitildi. Ularning bu boradagi malakasi va tajribasi oshirildi.
Shuningdek, 2020-yil yakunlari yuzasidan yakuniy hisobotni MHXSga muvofiq oʻzgartirish boʻyicha ishlar joriy yilning avgust oyida yakunlandi. KPMG tavsiyasiga koʻra, “Veritas” MCHJ kompaniyasi bilan qadrsizlanish testini oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzildi. Test natijalari KPMG kompaniyasiga taqdim etildi.
2021-yil uchun xalqaro moliyaviy hisobotning yakuniy hisobotini topshirish muddati 2022-yil oktyabr oyi etib belgilangan. Bu borada barcha soʻralgan maʼlumotlar masʼul shaxslar tomonidan taqdim etilmoqda.