"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ mas'ullari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

    Joriy yilning 17-fevral kuni "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ mas'ullari ishtirokida korxona komplaens xizmatining 2021-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi hisoboti yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
    Yig'ilish davomida korxona komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida ichki me'yoriy hujjatlar asosida ishlar tashkil qilinayotganligi, "Axloq odob" va "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish" komissiyalari ish faoliyatini boshlaganliklari, xaridlar jarayonida tanlov komissiyasi va korxonaga ishga qabul qilish komissiyasi tarkibiga komplaens xizmati xodimi kiritilganligini ma'lum qilindi.
    Yig'ilish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda kamchiliklar to'g'risida to'xtalib, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, xodimlarni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qilinayotgan ishlarni veb-sahifa, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech