“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ mahsulotining birinchi marta Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berilishi

Joriy yilning 11-fevralida Rossiyaning “Formula avto plus” kompaniyasiga avtomobil shinalarining birinchi jo‘natmasi bo‘lib o‘tdi.

"Contyre" markali 185/75 R16 C o'lchamdagi avtomobil shinalari BRZ zavodida individual qoliplar va mijozlarning maxsus buyurtmalariga muvofiq ishlab chiqariladi.

Mazkur loyiha doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobil shinalari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga bir necha oy avval “Formula avto plus” va “BRZ” MChJ vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida erishilgan edi.

Birinchi jo‘natma ikki tomonning mashaqqatli mehnati natijasi bo‘ldi. “Formula avto plus”  va "BRZ" MChJ ushbu loyiha doirasida o'zaro hamkorlikni davom ettiradi, shuningdek, o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini faol izlaydi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech