"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ da “Keksalar haftaligi” yakunlanishi poytaxtning zamonaviy diqqatga sazovor joylariga ekskursiya safari bo'ldi.

"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo'mitasi "Yangi O'zbekiston" bog'iga ekskursiya tashkil etdi. O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan park Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Zavodning 20 nafar xodimi, jumladan, tajribali ustozlar, ilg’orlar va yosh mutahassislar mustaqillik manumentiga tashrif buyurishdi.

Ma'lumot uchun: Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifoda etadi.  Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Parkning Markaziy qismida mustaqillik monumenti joylashgan.

Biz ushbu bog’ni faqat televizorda ko'rganmiz, aslida esa bundan ham ajoyibdir. Chiroyli hiyobonlar, zo’r xizmatlar, qiziqarli arxitektura, hamma joylar obodonlashtirilgan va ko’kalamzorlashtirilgan – deydi konveyer tasmalari sexi hisobchisi Dilshoda Akulova.

Ekskursantlarning aksariyatini "qadim zamonlardan O'zbekistonning eng yangi tarixiga qadar bo'lgan eng muhim voqealar" nomli Markaziy yodgorlik tuzilmasi hayratga soldi. Majmuada sarkarda va jangchi, olim va mutafakkir, ma'rifatparvar jadidlarning obrazlari aks ettirilgan. Yodgorlik tinchlik va erkinlik, yaxshilik va farovonlik ramzi bo'lgan Humo qushining qanotlari bilan qoplangan.

Bog’dagi yaxshi ishlangan yo'llar bo'ylab yurib, “BRZ” MCHJ ning hodimlari kuz kuniga qaramay, atrofdagi go'zallikdan, issiq va tiniq ob-havodan to'liq bahramand bo'lishdi. Ko'p sonli ijobiy his-tuyg'ular va xotiralar bilan, ekskursiya dasturining ishtirokchilari yaxshi dam oldi. Kasaba uyushmasi qo'mitasi poytaxtdagi "Besh qozon" osh markaziga bayramona dasturxoniga taklif qildi.

Avtobusda korhonamiz hodimlari bir-birlariga O'zbekiston tarixidan qiziqarli ma'lumotlar berdilar, fikr almashdilar va so'nggi qiziqarli yangiliklarni muhokama qildilar. Ushbu ekskursiyadan "Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MCHJ hodimlari katta his-tuyg'u, tasurotlar va xursandchilik bilan qaytdilar. Shu bilan birga esdalik uchun suratga tushdilar.

Safar ishtirokchilari, bu tadbirlar juda qiziqarli va foydali bo’lganligini e’tirof etishdi.

Korhonamiz ma'muriyati va kasaba uyushma qo'mitasiga qiziqarli va ajoyib safarni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Safardan olingan kuch-quvvat, albatta, yanada samarali, faol ishlarga chorlaydi, - deydi avtomobil shinalarini sinovdan o’tkazish laboratoriyasi  boshlig’i Abduqayum Sherbutayev.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech