"Birinchi rezinonexnika zavodi" MCHJda "Tez va to'g'ri yoz" tanlovi o'tkazildi
"Birinchi rezinonexnika zavodi" MCHJda O'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi katta o'qituvchisi Saidov O'lmas Raxmatovich boshchiligida Jamoat tashkilotlarining hamkorlik rejasiga ko'ra 23 iyun kuni jamiyat xodimlari o'rtasida davlat tilini keng targ'ib qilish hamda imlo savodxonligini oshirish maqsadida "Tez va to'g'ri yoz" tanlovi o'tkazildi. Tanlov natijalariga ko'ra Mo'minjonov Murtazaxon Maxmudjon o'g'li, Djuraeva Nazira Zaxidovna va Risqulova Feruza Parpiyevnalar yuqori natijalarni qayd etishdi.