Birgalikda korrupsiyani to'xtata olamiz
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi.
Shu munosabat bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MChJda ham korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator ichki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Korxona xodimlarining korrupsiyaga nisbatan huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi o'qish o'tkazilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo'llash samarali hisoblanmaydi, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birgalikda harakat qilishi, olib borilayotgan islohotlar ko'zlangan natijani berishi mumkin.