Bayram saylida koʻrik tanlovlar tashkil etildi
“Xush kelding, Navroʻz!” shiori ostida tashkil etilgan bayram saylida “Eng chiroyli milliy dasturxon”, “Osh tanlovi” va “Eng mazmunli devoriy gazeta” koʻrik tanlovlari tashkil etildi. Unda barcha sex va boʻlimlar eng chiroyli milliy dasturxon, bayram mavzusi aks etgan devoriy gazetalarni taqdim etishdi. Osh tayyorlash boʻyicha ishchi-xodimlarning oshpazlik mahorati sinovdan oʻtkazildi.
Darhaqiqat, bugun bayramona bezatilgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda kun davomida koʻtarinki kayfiyat hukm surdi. Bayram sayli, oʻyin-kulgu barchada katta taassurot qoldirdi. Korxonaning kayvoni ayol xodimlari sumalakni idishlarga quyib, hammaga ulashdilar. Sumalakdan tatib koʻrgan barcha “Har kunimiz Navroʻz boʻlsin! Navroʻzdan Navroʻzga eson-omon yetib yuraylik!” deya niyat qildilar.