“Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos maʼnaviy xazinadir”
Ikki buyuk siymo Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari ishtirokida “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos maʼnaviy xazinadir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya eitilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi, markaziy apparat xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi Sanobar Abdurahmanova va masʼul xodimlar, tarmoq korxonalarining masʼullari va ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda barcha tarmoq korxonalari xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ijod namunalaridan parchalar hamda sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Jumladan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK ishchi-xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga mansub gʻazal va ruboiylar, sahna koʻrinishi namoyish qilindi.